Toshkent aeroportidagi yo‘l o‘tkazishga kirish yopilmoqda
Aeroportda rekonstuksiya ishlari boshlanishi ma'lum qilindi.

Aeroportda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlanayotgani munosabati bilan 8 dekabr kuni soat 12:00 dan boshlab aeroportdagi yo‘l o‘tkazgichga kirish yopiladi.
Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish liniyasi tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.







