Toshkentda yo‘lovchi poyezd bir soatga kechikdi
Qayd etilishicha, anomal sovuq sabab texnik ko‘rik ishlari cho‘zilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy vokzalda yo‘lovchi poyezd bir soatga kechikkani haqidagi video tarqalmoqda. Bunga «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yo‘nalishidagi shaharlararo poyezdi soat 18:00 da harakatlanishi lozim bo‘lgan.
Anomal sovuq tufayli yo‘lovchi poyezdning texnik ko‘rikdan o‘tkazish va taʼmirlash jarayoni maʼlum vaqtga cho‘zilgan va natijada ushbu poyezd o‘rniga boshqa poyezd harakatlanishni boshlangan. Poyezd 18:52 da Janubiy vokzaldan yo‘lovchilar bilan jo‘nab ketgan.







