Afrika qamoqxonalarida elektron bilaguzuklar joriy etildi
Senegal davlati bu yil dolzarb muammo bo‘lgan qamoqxonalar to‘lishiga qarshi turli choralar ko‘rmoqda.

Senegalda jazo muddatini o‘tayotgan 42 yoshli homilador ayol farzandi qamoqxonada tug‘ilmasligini so‘rab, iltimos qilgan edi. Sudyalar uni noodatiy yechim bilan ozod qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayolning oyog‘iga maxsus nazorat bilaguzugi taqilgan va qamoqxonadan chiqarib yuborilgan.
Ma’lumki, Gʻarbiy Afrikadagi Senegal davlati bu yil dolzarb muammo bo‘lgan qamoqxonalar to‘lishiga qarshi turli choralar ko‘rmoqda.
Jumladan, hukumat qit’ada birinchi bo‘lib ba’zi mahbuslarni qamoqxonadan tashqarida elektron monitoring orqali nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘ydi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, Elektron monitoring mahbuslarga ishlash, o‘qish, oilasi bilan birga bo‘lish va sport bilan shug‘ullanish imkonini beradi.







