Iqtisodiyot

Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarish hajmi oshirildi

Bunga AYOQSHlar faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab bo‘lgan.

Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarish hajmi oshirildi

 

Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshirildi, deb xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

 

Shuningdek, Rossiyadan import asosida «SDK Group And» korxonasi tomonidan olib kelinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi ham oshirilgan.

 

«O‘tgan 2022-2023 yilgi anomal sovuq davridagi talablardan kelib chiqib, Farg‘ona vodiysidagi AYOQSHlarga yetkazib beriladigan kunlik avtobenzin hajmi 400 tonnadan o‘rtacha 800 tonnaga oshirildi. Buning uchun talab etiladigan 7,8 ming tonna avtobenzin zaxirasi Farg‘ona vodiysi uchun safarbar etildi. Yuqoridagilardan tashqari, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobenzinning asosiy qismi Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilariga yetkazib berilishi taʼminlanmoqda. Joriy oyning 13 sanasida “O‘zbekneftgaz” jamiyati tomonidan Farg‘ona vodiysidagi AYOQSHlarga jami 929 tonna jumladan, Andijon viloyatiga 503 tonna, Namangan viloyatiga 202 tonna va Farg‘ona viloyatiga 224 tonna avtobenzin yetkazib berildi», deyiladi kompaniya xabarida.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"