“Kung Fu Panda” multfilmining 4-qismi treyleri eʼlon qilindi
Kartina 2024-yil mart oyida premera qilinadi.

Bir necha oydan beri “Kung Fu Panda” multfilmi muxlislari to‘rtinchi qism haqidagi yangiliklarni intiqlik bilan kutishmoqda.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, animatsion filmining uzoq kutilgan treyleri tayyor bo‘lgan. U kecha, 13-dekabrda omma eʼtiboriga havola etildi.
Avvalroq insayderlar xabar qilganidek, “Kung Fu Panda 4” multfilmi ustidagi asosiy ishlar allaqachon yakunlangan. Sinov namoyishlari yaxshi o‘tdi va tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, hamma narsa texnik tomondan eng yuqori darajada amalga oshirilgan.
Kartinaning premyerasi 2024-yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Multfilm treyleri videosini Instagram ijtimoiy tarmog‘imizda tomosha qilishingiz mumkin.







