O'zbekiston

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini takomillashtirish, suv omborlari xavfsizligini ta’minlash va ulardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda qutqaruv xizmatlari faoliyatini zamonaviy talablar asosida yangilash masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, qutqaruvchilarning yetib kelish vaqtini shahar hududlarida 5–7 daqiqaga, shahar markazlaridan tashqarida esa 15–20 daqiqaga qisqartirish vazifasi belgilandi.

 

Aholisi 250 mingdan ortiq tuman va shaharlardagi 25 ta yong‘in-qutqaruv qismini qayta tashkil etish va zamonaviy texnika bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, murakkab sharoitlarda ishlaydigan “Madad” milliy ko‘p tarmoqli maxsus qutqaruv markazi, aviatsiya-qutqaruv bo‘limi hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi.

 

“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini takomillashtirish, murojaatlarni qabul qilishdan boshlab ularning ijrosigacha bo‘lgan jarayonni kuzatish va xizmatlar o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu jarayonlarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan kengroq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

 

Suv omborlaridagi xavfsizlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirda mavjud 56 ta suv omborining faqat to‘rttasida qutqaruv xizmati tashkil etilgan. Shu munosabat bilan “Karkidon” suv ombori misolida professional qutqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

 

Bundan tashqari, qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumida dual ta’lim asosida qutqaruvchi-g‘avvoslarni tayyorlash, turizm obyektlari xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi yordam ko‘rsatishga o‘rgatish rejalashtirilmoqda.

 

Prezident tizimni yangilashda inson hayotini saqlab qolish asosiy mezon bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

Samarqandda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan texnikum o‘quvchilari aniqlandi.