Jahon

Global isish tezlashmoqda: olimlar ogohlantirdi

Yer ekotizimlari halokatli nuqtaga yaqinlashayotgani ma’lum qilindi.

Global isish tezlashmoqda: olimlar ogohlantirdi

Global isish tezlashib, Yerning eng muhim ekotizimlarini qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar yuz berishi mumkin bo‘lgan kritik chegaralarga yaqinlashtirmoqda. Bu haqda Potsdam iqlim ta’sirini o‘rganish instituti direktori Yoxan Rokstryom Reuters’ning barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Yevropa konferensiyasida ma’lum qildi.

 

Olimning aytishicha, marjon riflari va Amazonka yomg‘ir o‘rmonlariga yetayotgan zarar ortga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yaqinlashgan. Shuningdek, Atlantika okeanidagi suv aylanish tizimining ayrim qismlari, jumladan, Karib dengizidan iliq suv olib kelib, G‘arbiy Yevropa iqlimini mo‘tadil saqlashga yordam beradigan oqim ham izdan chiqish xavfi ostida.

 

Rokstryomning ta’kidlashicha, so‘nggi ilmiy ma’lumotlar yaqin bir necha yil ichida Yer yuzasidagi o‘rtacha harorat sanoatlashuvgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 daraja Selsiyga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu esa ekstremal ob-havo hodisalarining tez-tez yuz berishi va kuchayishiga olib keladi.

 

Olim bu haqda 9-noyabrda boshlanadigan BMTning COP31 iqlim konferensiyasi arafasida gapirdi.

 

U kompaniyalarni iqlim o‘zgarishi va tabiatni muhofaza qilish masalalarini yagona yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning fikricha, uglerod chiqindilarini kamaytirish bilan birga, biologik xilma-xillikni saqlash va tiklash, shuningdek, chuchuk suv zaxiralarini muhofaza qilishga ham sarmoya kiritish zarur.

 

Rokstryom ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan bosqichma-bosqich voz kechish qoidalarini yumshatishga qaratilgan lobbichilik harakatlarini ham tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, benzin va dizel yoqilg‘isiga berilayotgan subsidiyalar iste’molchilarning elektromobillarga bo‘lgan talabini susaytirmoqda.

Husiylar hujumi kuchaydi: Buyuk Britaniya Saudiya Arabistoniga qiruvchi samolyotlar yuboradi

Husiylar hujumi kuchaydi: Buyuk Britaniya Saudiya Arabistoniga qiruvchi samolyotlar yuboradi

Samolyotlar faqat mudofaa vazifasini bajarishi va husiylarga qarshi hujumlarda qatnashmasligi bildirildi.

Navai ishi tugatildi: reper Qozog‘istonni tark etdi

Navai ishi tugatildi: reper Qozog‘istonni tark etdi

Rossiyalik reper Navai Qozog‘istonga kirayotganida giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilinib hibsga olingan edi.

Eron AQSH bilan mojaroda o'zini himoya qilish huquqidan foydalandi — Tehron

Eron AQSH bilan mojaroda o'zini himoya qilish huquqidan foydalandi — Tehron

Eron vitse-prezidenti mamalakat urushni istamasligini, tinchlikni qarama-qarshilikdan ustun qo‘yishini ta’kidladi.

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti har besh daqiqada bir bola zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lishini ma’lum qildi.

Kolumbiyada noqonuniy oltin koni quladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada noqonuniy oltin koni quladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida yana yetti kishi jarohatlangan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.