Vengriya chet el aralashuvi xavfini kamaytiruvchi qonunni qabul qildi
Qonunga ko‘ra, aralashuv xavfini nazorat qiluvchi tergov vakolatlariga ega organ tuziladi.

Vengriya parlamenti “Milliy suverenitetni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi.
Hukmron partiyaga ko‘ra, uning asosiy vazifasi, mamlakat ishlariga chet el aralashuvi xavfini kamaytirishdir. Mahalliy va xorijdagi tanqidchilar hujjat qoidalarining Rossiyaning “Chet el agentlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan o‘xshashligini taʼkidlab, Vengriyada muxolifatga qarshi tazyiq kuchayishidan qo‘rqishmoqda.
Qonunga ko‘ra, aralashuv xavfini nazorat qiluvchi tergov vakolatlariga ega organ tuziladi. Bundan tashqari, Endi saylovda nomzodi qo‘yilgan shaxs chet el manbalaridan moliyalashtirilgani aniqlansa, u uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.







