O'zbekiston

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

 

Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

 

—davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;

 

—balansda saqlovchini (bunday maʼlumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

 

 

Takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

 

Shunga ko‘ra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.

 

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

 

Ijaraga oluvchi tomonidan ijtimoiy soha obyekti tarkibidagi yerda:

 

➖binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);

 

➖ko‘ngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno) taqiqlanadi.

 

Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati:

 

—bir ijara shartnomasi doirasida 6 yil;

 

—nodavlat professional taʼlim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun 10 yil etib belgilanadi.

 

Davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda, ijaraga berish muddati 3 yil etib belgilanadi.

 

Ko‘chmas mulk 1 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.

 

Avtomototransportlar savdo platformasi vositasida onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda, ijara shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi.

 

Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish va maʼlumotlar bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan online-ijara.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi | Zamon.uz