Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati to‘xtatilmoqda
Uning faoliyati ustidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

Toshkentda "Oqtepa lavash"ning faoliyati vaqtinchalikka to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, "Oqtepa lavash" ommaviy ovqatlanish shoxobchasi O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 15, 24, 25, 41-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida"gi Qonunning 11,13, 21-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli, vaqtinchalikka, Davlat ekologik ekspertiza xulosasini olgunga qadar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha Toshkent shahar Tumanlararo Iqtisodiy Sudiga davo arizasi kiritilgan.







