Jahon

Andijonda benzinni aldab sotayotgan zapravkalar aniqlandi

Ular Ai-80 benzinini Ai-92 yoki Ai-95 markali benzin sifatida sotilayotgan bo‘lgan.

Andijonda benzinni aldab sotayotgan zapravkalar aniqlandi

 

Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan kuz-qish shtabiga benzin sifati va uning yetishmovchiligi bo‘yicha muroajatlar ko‘paygan. Bu haqda Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov maʼlum qildi.

 

Uning aytishicha, viloyat hududiga 500 tonna Ai-80 markali benzin keltirilgan bo‘lsada, haydovchilardan ushbu turdagi benzin yetishmayotgani haqida shikoyatlar kelib tushmoqda.

 

Murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi va organlar tomonidan o‘rganligan. Natijada 7 ta AYQSHda shunday holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlangan.

 

“Energiyainspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Muhtorovning maʼlum qilishicha, 14-15 dekabr kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi AYQSHlardan olingan 17 ta namunadan 7 tasida belgilangan meʼyorlarga javob bermagani aniqlangan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham shunday o‘rganishlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Andijonda benzinni aldab sotayotgan zapravkalar aniqlandi | Zamon.uz