Toshkentda aliment to‘lashdan qochib yurgan qarzdor ota uyining tomidan topildi
Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatovga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan MIBning Yashnobod tuman bo‘limiga qarzdor N.K.dan undiruvchi A.I. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ikki farzandning otasi o‘z majburiyatini bajarmasdan, aliment to‘lovidan bo‘yin tovlab kelgani sababli MIBning Yashnobod tuman bo‘limi xodimi qarzdorning manziliga boradi. Ayni paytda ham u yashash manzilida emasligi sababli N.K.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor o‘zi yashab kelayotgan xonadon tomidan topiladi. Unga nisbatan javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan to‘plangan hujjatlar esa jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.







