Ziroat Mirziyoyevadan to Sevara Nazarxongacha: Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari aniqlandi
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari ko‘magida ilk bor “Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari” reytingini tuzdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari ko‘magida ilk bor “Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari” reytingini tuzdi.
Saralash tartibi
Qayd etilishicha, reytingga kiritilgan ayollar mintaqada turli sohalarga, shu jumladan siyosat, biznes, taʼlim, fan, sanʼat va ijtimoiy masalalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatgan.Nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgach, Harakatning mintaqa miqyosidagi ekspertlar guruhiga taqdim etilgan. Ekspertlar nomzodlarni ham matematik, ham empirik metodlarga tayangan holda saralagan.
Birinchi bosqich
Saralash jarayonining birinchi bosqichida nomzodlar quyidagilarga qarab baholandi:
-
- egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga taʼsir qilish darajasi (10 ball);
-
- iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi (10 ball);
-
- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligi (5 ball).
Ikkinchi bosqich
Ikkinchi bosqichda mintaqaning 300 yaqin ekspertlar ishtirokida onlayn ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ovoz bergan ekspertlar tarkibida inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar, mintaqaning yetakchi “aql markazlari” rahbarlari, parlamentariylar, akademiklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

Markaziy Osiyoning TOP-40 yetakchi ayollari ro‘yxati:
Ziroat Mirziyoyeva – “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning birinchi xonimi
Aygul Japarova – “Ene-balaga tirek” jamoat fondi raisi, Qirg‘iz Respublikasinning birinchi xonimi
Azizmo Asadullayeva – Tojikistonning birinchi xonimi
Tanzila Norboyeva – O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi
Dunyogo‘zal Gulmanova – Turkmaniston Milliy Gengeshi Mejlisi raisi
Saida Mirziyoyeva – O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi
Olga Perepechina – Qozog‘iston Senati Raisi o‘rinbosari
Jamila Isayeva – Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi (raisi) o‘rinbosari
Dilrabo Mansuri – Tojikiston Majlisi namoyondagon Majlisi Oli raisi o‘rinbosari
Daniya Yespayeva – Qozog‘iston Parlament Majlisi raisi o‘rinbosari
Zuhra Ibrohimova – Oliy Majlis Spikeri o‘rinbosari
Tamara Duysenova – Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari
Zulayho Mahkamova – O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari
Roza Otunbayeva – BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti
Ozoda Rahmon – Tojikiston Prezidentining ijroiya apparati rahbari
Zulfiya Suleymenova – Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi
Nurjan Shayldabekova – Qirg‘iz Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi
Feruza Eshmatova – O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
Ajar Giniyat – Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri
Aida Balayeva – Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri
Zulfiya Davlatzoda – Tojikiston madaniyat vaziri
Gulnora-Klara Samat – Qirg‘iz Respublikasining Rossiyadagi elchisi
Madina Abilqasimova – Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi raisi
Robaxon Mahmudova – O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari
Umut Shayaxmetova – Qozog‘iston “Halyq Bank” boshqaruv raisi
Lyazzat Ibragimova – Qozog‘iston “Otbasi banka” boshqaruv raisi
Shoira Sodiqova – Tojikiston “Arvand” banki boshqaruv raisi
Kunsulu Zakariyo – Qozog‘iston Fanlar akademiyasi prezidenti
Svetlana Ortiqova – O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari
Myaxri Byashimova – Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
Gayane Umerova – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari
Sevara Nazarxan – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Aziza Umarova – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Deliveriy Unit loyiha ofisi rahbari, jamoat arbobi
Gulbahor Mahkamova – Tojikiston Tadbirkor ayollar Milliy assotsiatsiyasining boshqaruv raisi
Nozima Davletova – O‘zbekiston Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi
Natalya Nikitenko – Qirg‘iz Respublikasi davlat va siyosat arbobi
Roza Aytmatova – Qirg‘iz Respublikasi jamoat arbobi, xizmat ko‘rsatgan taʼlim xodimi
Elvira Surabaldiyeva – Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi deputati
Irina Matviyenko – O‘zbekistondagi NeMolchi.uz loyihasi asoschisi
Dinara Oshurakunova – Qirg‘iz Respublikasi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasi eksperti
Senatga raislik qilayotgan ilk ayol
Ekspertlarning taʼkidlashicha, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston tarixida Senatga raislik qilayotgan ilk ayol. Bungacha u Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019 yilda “Eng faol davlat arbobi – O‘zbekistonda yil odami” cifatida eʼtirof etilgan.
Birinchi ayol prezident
Roza Otunboyeva Markaziy Osiyodagi birinchi ayol prezident. Bugunda Qirg‘iz Respublikasi rivojiga ko‘p tomonlama hissa qo‘shayotgan “Roza Otunboyeva tashabbusi” jamoat fondi asoschisi. U yetakchilik, diplomatiya, faol fuqarolik va xalqaro hamkorlik sohalarida 35 yildan ortiq kasbiy tajribaga ega. Fuqarolik jamiyati, davlat va xususiy sektorlar hayotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun Quvayt mukofoti bilan taqdirlangan.
“Zamin” fondi eʼtirof etildi
Ekspertlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi sog‘liqni saqlash, taʼlim, yollar, bolalar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va qariyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelayotganini eʼtirof etdi. Birinchi xonim xalqaro miqyosdagi yirik anjumanlar, sammitlarda faol ishtirok etib, ijtimoiy muloqotni mustahkamlashga, o‘zbek jamiyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
QazCovid-in vaksinasini ishlab chiqqan
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fanlar akademiyasi prezidenti Kunsulu Zakariyo biologiya fanlari doktori, professor, Al-Forobiy nomidagi fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati. Olima ayol Qozog‘iston ilm-fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U CoVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in (QazVac) vaksinasini ishlab chiqdi. 200 dan ortiq ilmiy nashrlar hamda ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, ixtirolar va meʼyoriy-texnik hujjatlar muallifi.
Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi bank boshqaruvchisi
Umut Shayaxmetova Qozog‘istonda ayol biznes yetakchilaridan biri. U boshqarayotgan Xalq banki Markaziy Osiyodagi yirik banklardan biridir. 2023 yilda nufuzli xalqaro nashr – “International Banker”ga ko‘ra, Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi bank deb topildi. Shuningdek, Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘lgan birinchi ayoldir.
So‘z erkinligini taʼminlashda faol
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda so‘z erkinligini taʼminlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, gender tengligi masalalari bo‘yicha faollik ko‘rsatib, xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga munosabatini bildirib keladi. Xalqaro minbarlarda O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqib, yirik taʼlimiy va madaniy, ekologik loyihalarni taqdim etmoqda.
Parlamentning eng yosh spikeri
34 yoshli Dunyogo‘zal Gulmanova Turkmaniston tarixida parlamentning eng yosh spikeri hisoblanadi. Ekspertlar uning ushbu lavozimga saylanishini mamlakat siyosiy manzarasida muhim o‘zgarishlardan darak ekanini taʼkidlagan. Oxirgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, deputatlarning 25,60 foizini ayollar tashkil etdi. Deputatlar tarkibi sezilarli darajada yoshardi: qariyb 10 foizi 30 yoshgacha, 40,80 foizi esa 40 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining muloqot qilishi, hamkorlik aloqalarini kengaytirishi, tajriba almashishi uchun platforma yaratildi. Xususan, 2021 yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining ilk muloqoti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tdi. Muloqot natijasida Markaziy Osiyo ayollarining davlat boshqaruvi, preventiv diplomatiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va biznes, madaniyat, taʼlim, fan, sanʼat, gender tengligi va umuman barqaror rivojlanish sohalarida o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlarining tadbirkor ayollari ishtirokida biznes forumlar tashkil etildi.








