Iqtisodiyot

1 yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yangi Qaror loyihasi eʼlon qilindi.

1 yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanish taʼminlash hamda to‘lov intizomini mustahkamlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Belgilanishicha:

 

a) quyidagi obyektlarga ham tashqi reklama obyektlari uchun belgilangan oshirilgan koeffitsiyent qo‘llanadi:

 

ochiq maydonlarda joylashtirilgan maxsus, vaqtinchalik yoki statsionar inshootlarga, shuningdek, binolar, inshootlarning tashqi yuzalariga, devorlarga, tomlarga, panjaralarga, ko‘cha jihozlari elementlariga, ko‘chalar va yo‘llarning qatnov qismida, avtomobil yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) joylashtirilgan video-ekranlar, elektron displeylar, media fasad, grafik, matnli yoki boshqa reklama ko‘rinishidagi maʼlumotlarni (bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida) aks ettiruvchi, shuningdek, restoran, kafe, bar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan yon-atrofidagi daraxtlarga, konstruksiyalarga osilgan illyuminatsion va svetodiodli lampalar shodasi.

 

Bunda reklama obyektiga sarflanadigan elektr energiyasining hisobini alohida o‘rnatilgan elektr hisoblagich orqali amalga oshiriladi;

 

b) elektr tarmoqlariga ulanish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari o‘rnatish ishlari 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuridik isteʼmolchilarning va 2024 yil 1 apreldan boshlab maishiy isteʼmolchilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

 

v) 2024 yil 1 yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi;

 

g) yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarasiz va behuda foydalanganlik uchun qo‘llanadigan iqtisodiy jarimalar qo‘llash tizimini takomillashtiriladi;

 

d) 2024 yil 1 yanvardan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilmagan yuridik isteʼmolchilarga hisob-kitob yetkazib berilgan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koyeffitsentda hamda taʼminot korxonasiga oldindan to‘lovsiz yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 10 foiz miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash tizimi joriy etiladi.

custom img

O‘zbekiston hukumati kimdan qancha qarz?

O‘zbekiston davlat qarzi 2025 yil davomida 6,6 mlrd dollarga oshib, 46,8 milliard AQSH dollardan oshdi. Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 31,9 foizga qisqardi. Tashqi qarzning teng yarmi byudjet taqchilligini moliyalashtirishga saflangan. Bir qarashda bu raqam vahimali ko‘rinadi. Odamlar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat qarzga botgani yoki Xitoyning “qarz tuzog‘iga” tushib qolgani haqidagi xavotirlar tez-tez quloqqa chalinadi. Ammo bu raqamlarga his-hayajon bilan emas, balki qatʼiy iqtisodiy nuqtayi nazardan qarasak, manzara butunlay boshqacha ekanini ko‘ramiz.

custom img

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

Kumush narxining keskin ko‘tarilishi investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

custom img

Dollar o‘smoqda, ammo qadrsizlanmoqda

Noyabr oyida Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xorijiy pul o'tkazmalari qariyb 400 mln dollarga qisqargan.

custom img

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiyasi olishni boshladi

Tojikiston 2026 yil birinchi choragida Markaziy Osiyo Birlashtirilgan energetika tizimiga to‘liq o‘tilishi kutilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi

O‘zbekiston dengiz orqali yuk tashish uchun Ozarbayjon va Turkmanistondan parom kemalarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

custom img

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

Dollar indeksi so‘nggi uch yil ichidagi eng past darajaga tushgan edi.

custom img

Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chiradi

Qaror Trampning savdo siyosati bilan bog‘liq.

custom img

1 maydan xalqaro savdo maydonchalarida xaridlar kamayadi

Qonun shaxsiy ehtiyojlar va tijorat maqsadida tovar olib kiruvchilarga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"