2 ta viloyatda aeroport samolyotlarni qabul qilolmayapti
Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Namangan reysi Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l olgan.
Bortida 163 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:15 da Farg‘ona aeroportiga borib qo‘ngan.
Namangan xalqaro aeroportida ko‘rish masofasi pastligi sababli samolyotlarni jo‘natishga cheklovlar joriy etilgan. Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Farg‘ona aeroportida ham samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar kiritilgan.







