Toshkent – Moskva reyslari salkam ikki soatga kechiktirildi
Bunga samolyotlarning uchishga tayyor emasligi sabab bo'lgan.

Texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi munosabati bilan 2023-yil 24-dekabr kuni Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov 1 soatu 40 daqiqaga kechiktirilib, o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
HY603 qatnovi:
—Toshkentdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan 9:00 da
—Moskvaga (Domodedovo) yetib kelish mahalliy vaqt bilan 11:20 da
HY604 qatnovi:
—Moskvadan (Domodedovo) jo‘nab ketish soat 12:50 da
—Toshkentga yetib kelish mahalliy vaqt bilan 18:45 da
Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur ishlarni olib borishmoqda.







