Toshkentda yana 4 kishi qidiruvga berildi
Ular tergovdan qochib yashiringan.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha bir guruh shaxslar tergovdan qochib yashiringanligi aniqlangan.
Ular:
- 1994 yilda tug‘ilgan Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘li;
- 1985 yilda tug‘ilgan Muxamedov Abdulla Abduraxmanovich;
- 1992 yilda tug‘ilgan Soliyev Jamshid Abdulazizovich;
- 1964 yilda tug‘ilgan Isamitdinov Xusan Xashimovich.
Tergov tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.







