Buxoroda Yangi yil archasi qulab tushdi
Hodisaga viloyatga kuzatilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoroda Yangi yil archasi ag‘darilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan hokimlik rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 25 dekabr kuni kechki payt esgan kuchli shamol tufayli Qorako‘l tumani markazida bezatilgan bayram archasi qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Ayni paytda archaning karkaslarini taʼmirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda. Tez fursatda Yangi yil archasi taʼmirlanib, o‘z o‘rnida qayta o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar belgilangan dastur asosida davom ettiriladi.







