O'zbekiston

Farg‘ona va Toshkentda katta miqdordagi pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona va Toshkentda katta miqdordagi pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

 

Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali qarshi kurash olib borilmoqda. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

 

“Boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi viloyat DXX va IIB xodimlari pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi va saqlanishiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Damas” rusumli avtotransport vositasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan hamda fuqaroning Quva tumanidagi xonadonida saqlanayotgan dastlabki qiymati 141 million so‘mlik 7 turdagi jami 408 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olingan”, – deyiladi xabarda.

 

Viloyatning Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi tumandagi yashash xonadonlaridan biriga kirib xonadondagi tovarlarni yuklab chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatilib, xonadon va transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtotransport vositasi hamda xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 95 million so‘mlik 4 turdagi jami 180 ming dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

 

Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda da ham xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 28 million so‘mlik 3 turdagi jami 74 dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.

 

“O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy qiymati 264 million so‘mlik 14 turdagi 588 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi hamda saqlanishiga chek qo‘yildi”, – deyiladi xabarda.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIB Yo‘l patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda,Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida, Ohangaron tumanida “Farg‘ona-Ohangaron” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi bo‘lgan, “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtoulov yuk xonasida, xufiyona tarzda kiyim-kechaklar ostiga yashirilgan fuqaro Kayumovaga tegishli bo‘lgan, Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 200 mln.so‘m bo‘lgan jami 174 108 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.