O'zbekiston

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda er-xotin yarashish muddatisiz ajratilishi mumkin

Tegishli qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda er-xotin yarashish muddatisiz ajratilishi mumkin

 

Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra, sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda olib borilishi, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarilishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

 

"Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga ikki oy muddatda jinoiy oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirilgan.

 

Qayd qilinishicha, sudga mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda, er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yo‘q deb topilsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qilish qarorini chiqarish huquqi berilishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida sud har ikkala tomonga «o‘ylab ko‘rish va yarashish imkoniyatini topish» uchun muhlat beradi. 

 

Bundan tashqari, bo‘lajak qonun loyihasida sud qarori bilan uy-joyga majburan kiritishga oid yangilik nazarda tutilishi kerak. 

 

Uy egasining talabiga ko‘ra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi to‘lab turiladigan yashash joyiga kiritib qo‘yish imkoniyati berilishi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda er-xotin yarashish muddatisiz ajratilishi mumkin | Zamon.uz