O'zbekiston

Prezident qarori bilan yana bir kodeksga o‘zgartirish kiritildi

Endi maʼmuriy sudlarda yerga oid ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart.

Prezident qarori bilan yana bir kodeksga o‘zgartirish kiritildi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

 

Ishlar taftish tartibida Oliy sudning Maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida ko‘riladi.

 

Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

 

Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

 

Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

 

Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘ladi.

 

Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi.

 

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

 

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

 

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

 

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident qarori bilan yana bir kodeksga o‘zgartirish kiritildi | Zamon.uz