Toshkentda Spark va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi
Holat Yangihayot tumanida ro‘y bergan.

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida “Spark” va “Gazel” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB YTH bo‘yicha maʼlumot berdi.
Joriy yilning 28 dekabr kuni soat 04:55 larda Yangihayot tumani Qipchoq-Sofdil ko‘chalari kesishgan chorrahasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
2000 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami “Spark” rusumli avtomashina va 1987 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
YTH oqibatida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







