O'zbekiston

“Kinematografiya fidokori”ga kimlar munosib ko‘rildi?

“Renessans” kino uyida Prezidentning maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishidagi maʼruzasida berilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha Respublika kinematograflari forumi bo‘lib o‘tdi.

“Kinematografiya fidokori”ga kimlar munosib ko‘rildi?

 

 

“Renessans” kino uyida Prezidentning maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishidagi maʼruzasida berilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha Respublika kinematograflari forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirok etdi.

 

Kinematografiya agentligi direktori matbuot kotibi, tizim tashkilotlari, xususan, "O‘zbekfilm" kinokonserni, “Yoshlik” kinostudiyasi, "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasi vakillarining 2023 yil hisoboti va 2024 yilga mo‘ljallangan rejalari tinglandi.

 

Shundan so‘ng Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Uyushma aʼzolarining ko‘p sonli ovozi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchanov uyushma raisligiga saylandi.

 

 

Kunning ikkinchi yarmida "O‘zbekfilm" kinokonserni pavilyonida konsert dasturi tashkil etildi. Bir qator kinoijodkorlar "Kinematografiya fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan, kinodramaturg Erkin Aʼzam, rejissyor Temurmalik Yunusov, kinoshunos Xamidulla Akbarov, aktyor Said Muxtorov, O‘zbekiston xalq artistlari Muhammadali Abduqunduzov va Gavhar Zokirova va boshqalar ko‘krak nishoni va bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Odilov "Yilning eng yaxshi faol xodimi" deb topildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Kinematografiya fidokori”ga kimlar munosib ko‘rildi? | Zamon.uz