Jahon

Yillik rekord: Uzbekistan Airways yil boshidan buyon 5 million yo‘lovchini tashidi

2023-yilda aviakompaniya 32 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirdi.

Yillik rekord: Uzbekistan Airways yil boshidan buyon 5 million yo‘lovchini tashidi

 

28-dekabr kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi yil boshidan buyon 5 millioninchi yo‘lovchini tashdi. Bu tashuvchining butun faoliyati davomidagi rekord yillik ko‘rsatkichdir.

 

Besh millioninchi yo‘lovchi Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY604 reysida ro‘yxatga olindi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. Parvoz davomida samolyot bortida aviakompaniya nomidan yubiley yo‘lovchi Dilshoda Turg‘unovani qutlagan samolyot sardorining tabrik so‘zi eshitildi.

 

Uzbekistan Airways йил бошидан буён 5 млн йўловчини ташиди

 

O‘zbekiston poytaxti aeroportiga yetib kelganida uni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi vakillari, jumladan, kompaniya rahbariyati tantanali ravishda kutib oldi. Unga esdalik sovg‘alari va Uzbekistan Airways‘ning 75 ta muntazam yo‘nalishlaridan istalgan vaqtda biznes-klassda parvoz qilish uchun sertifikat topshirildi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda aviakompaniya 32 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirgan (2022 yilda — 28 127 ta, o‘sish 16 foiz). O‘tgan yili 4,2 million yo‘lovchi tashilgan. Bundan tashqari, joriy yilda 50 ming tonnadan ortiq yuk, jumladan, 30 ming tonnadan ziyodi yo‘lovchi samolyotlarida (o‘sish 7 foiz) tashildi.

 

10 ta yangi muntazam yo‘nalishlar qatnay boshladi. Kompaniyaning samolyot parki beshta Airbus A320neo va ikkita L-410, shuningdek, uchta ATR-72 (Silk Avia‘ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishi) bilan to‘ldirildi.

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya bilan barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida harakatni to‘xtatishga qaror qildi.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketa uchirdi. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

Bemor kasallik aniqlanishidan oldingi ikki oy davomida xorijga chiqmagan.

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

AQSh prezidenti Yevropa davlatlariga Ukrainaga milliardlab dollar sarflash o‘rniga, mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirishni maslahat bergan.

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Yetakchilar yadroviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqot qilishga kelishdi. Biroq yadroviy arsenalni qisqartirish yuzasidan aniq majburiyatlar belgilanmadi.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.