Jahon

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning janubi-g‘arbiy qismida yo‘lovchi avtobusi suyultirilgan gaz tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi.

 

Voqea 19-noyabr kuni Balujiston viloyatining Gvadar okrugidagi Ormara hududi yaqinida, Makran sohilbo‘yi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Turbat shahridan Karachiga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan gaz tashuvchi mashina bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuvdan keyin ikkala transport vositasida ham kuchli yong‘in chiqqan. Yong‘in oqibatida avtobus va yuk mashinasi jiddiy zarar ko‘rgan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.

 

Qutqaruvchilar jarohatlanganlarni Ormara va Pasni shaharlaridagi shifoxonalarga olib borgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

 

Pokiston davlat radiosining xabar berishicha, mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Rasmiylar jarohatlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Mamlakatning Taiz viloyatida hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda.