Jahon

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketa uchirdi. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya 20-noyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga keng ko‘lamli raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Hujumlar energetika, temiryo‘l va transport infratuzilmasiga zarar yetkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya hujumda 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketadan foydalangan. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

 

Kiyevda Dnepr daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘lovchi Podilsko-Voskresenskiy, Darnitskiy va Pivdenniy ko‘priklariga zarba berilgan. Shahar meri Vitaliy Klichko aholiga ishga avtomobilda bormaslikni tavsiya qilgan.

 

Ukraina Harbiy-havo kuchlari Rossiyaning 380 ta droni, 79 ta qanotli raketasi va uchta ballistik raketasini urib tushirganini bildirdi.

 

Bosh vazir Sergiy Koretskiyning aytishicha, Kiyevda olti kishi halok bo‘lgan. Lvov shahridagi temiryo‘l vokzaliga qilingan hujumda yana ikki kishi halok bo‘lgan, kamida 10 kishi jarohatlangan.

 

Shuningdek, Dnipropetrovsk viloyatida dronlar turar joy binolariga urilishi oqibatida besh kishi, Xarkivdagi shifoxonaga berilgan zarbalar natijasida esa to‘rt kishi jarohatlangan.

 

Hujumlar oqibatida Kiyevning to‘rtta tumanida suv bosimi pasaygan. Shahardagi suv ta’minoti obyektiga zarba berilishi natijasida uch nafar xodim halok bo‘lgan. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida ham uzilishlar kuzatilgan. Lvov, Zakarpatiya va Ivano-Frankivsk viloyatlarida favqulodda elektr uzilishlari joriy etilgan.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga hujumi Moskva Qrim ko‘prigiga berilgan zarbalar uchun javob qaytarishini bildirganidan keyin amalga oshirilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-noyabr kuni Ukraina Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi ko‘prikka shu hafta uchinchi marta zarba berganidan so‘ng keskin javob berishini aytgan edi.

 

Ukraina rasmiylari esa Rossiyaning Tatariston hududidagi “Drujba” neft quvuriga xizmat ko‘rsatuvchi neft haydash stansiyasiga hamda uchta ballistik raketa uchirish qurilmasiga zarba berilganini ma’lum qilgan.

 

Bundan tashqari, Polsha mudofaa vaziri Rossiyaning tungi hujumlari vaqtida mamlakat havo hududiga uchta obyekt kirganini, ular ehtimol ikkita raketa va bitta dron bo‘lganini bildirdi. U mazkur holatni Rossiya provokatsiyasi deb atadi.

 

Reuters xabarlarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini qayd etgan. Har ikki tomon tinch aholini nishonga olganini rad etadi.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

Bemor kasallik aniqlanishidan oldingi ikki oy davomida xorijga chiqmagan.

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

AQSh prezidenti Yevropa davlatlariga Ukrainaga milliardlab dollar sarflash o‘rniga, mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirishni maslahat bergan.

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Yetakchilar yadroviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqot qilishga kelishdi. Biroq yadroviy arsenalni qisqartirish yuzasidan aniq majburiyatlar belgilanmadi.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.