Jahon

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya tomonidan taklif etilgan Moskvadagi uchrashuvda Yevropa yetakchilarining ishtirok etishini noto‘g‘ri qaror deb hisoblaydi. Uning fikricha, muzokaralar neytral hududda o‘tkazilishi kerak.

 

Zelenskiy bu haqda 19-noyabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvi doirasida DW muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

“Yevropa yetakchilari Moskvaga bormaydi, bunga 100 foiz ishonaman. Menimcha, vakillar u yerga bora olmaydi. Bu xato bo‘lardi”, — dedi Ukraina prezidenti.

 

Uning ta’kidlashicha, uchrashuvni istalgan neytral shahar yoki mamlakatda o‘tkazish tomonlarning urushni tugatish va kelishuvga erishishga tayyorligini ko‘rsatgan bo‘lardi. 

 

Zelenskiy, shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga assotsiatsiyalashgan a’zoligi ehtimoliga ham munosabat bildirdi. Germaniya kansleri Fridrix Mers avvalroq bu masalani ko‘rib chiqishni taklif qilgan edi. 

 

Ukraina prezidenti hozirda mamlakat uchun Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokara klasterlarini ochish ustuvor vazifa ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina joriy yil oxirigacha qolgan ikkita klasterni ochishni maqsad qilgan.

 

19-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi vakillariga Ukrainadagi urushni tartibga solish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga kelishni taklif qilganini ma’lum qildi. Putinning aytishicha, Rossiya diplomatik kanallar orqali Yevropa tomoniga murojaat qilib, uning muzokaralardagi pozitsiyasini aniqlashtirishni taklif etgan.

 

U, shuningdek, Yevropaning Ukrainaga ko‘rsatadigan yordami, xususan, ehtimoliy harbiy hamkorlik masalasi Rossiya uchun muhimligini ta’kidladi. Putin Ukrainaga har qanday xorijiy qo‘shin kiritilishini Moskva uchun nomaqbul deb atab, muzokaralarni qaysi shaklda davom ettirish masalasi Rossiyaning keyingi qaroriga bog‘liqligini bildirgan.

 

Bloomberg manbalariga ko‘ra, ayni paytda E3 guruhi — Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya vakillari Rossiya tomoni bilan uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

Bemor kasallik aniqlanishidan oldingi ikki oy davomida xorijga chiqmagan.

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

AQSh prezidenti Yevropa davlatlariga Ukrainaga milliardlab dollar sarflash o‘rniga, mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirishni maslahat bergan.

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Yetakchilar yadroviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqot qilishga kelishdi. Biroq yadroviy arsenalni qisqartirish yuzasidan aniq majburiyatlar belgilanmadi.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.