Jahon

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya bilan barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida harakatni to‘xtatishga qaror qildi.

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati 1-dekabrdan Rossiya bilan avtomobil orqali chegara kesib o‘tishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu chora milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab joriy etilmoqda.

 

Hukumat matbuot xizmati ma’lum qilishicha, cheklov «Narva-1», «Narva-2», «Koydula», «Luhamaa» va «Saatse» chegara o‘tkazish punktlariga taalluqli. Hukumat olti oydan keyin qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

 

Bosh vazir Kristen Mixaelning aytishicha, Estoniya Rossiyaning dushmanlarcha harakatlariga javoban xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat Rossiyaning ochiqlikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Shu bilan birga, amaldagi cheklovlar va qat’iy bojxona nazorati ostida yuk tashuvchi temiryo‘l qatnovi davom etadi.

 

Estoniya hukumati Rossiya bilan quruqlikdagi chegarani yopish niyati haqida 14-noyabrga o‘tar kechasi mudofaa sanoati korxonasi Threod Systems’ga o‘t qo‘yishga urinish sodir bo‘lganidan keyin ma’lum qilgan edi. Mazkur hodisa yuzasidan Latviyaning sakkiz nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Estoniya tomoni diversiyani Rossiya razvedkasi uyushtirganini iddao qilgan.

 

Avvalroq Estoniya prezidenti Yulle Madize hukumatni Rossiya bilan chegarani yopish masalasida hissiyotlarga berilmaslikka chaqirgan edi.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketa uchirdi. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

Bemor kasallik aniqlanishidan oldingi ikki oy davomida xorijga chiqmagan.

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

Tramp Putin urushdan charchaganini aytdi va Yevropa hamda Ukrainani kelishuvga chaqirdi

AQSh prezidenti Yevropa davlatlariga Ukrainaga milliardlab dollar sarflash o‘rniga, mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirishni maslahat bergan.

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Yetakchilar yadroviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqot qilishga kelishdi. Biroq yadroviy arsenalni qisqartirish yuzasidan aniq majburiyatlar belgilanmadi.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.