Ikki davlat 2024 yilda Shengen hududiga qo‘shiladi
Bu bo‘yicha YEI bayonot eʼlon qildi.

Yevropa komissiyasi bayonotiga ko‘ra, 2024 yil mart oyidan havo va dengiz chegaralarida chegara nazoratini bekor qilish boshlanadi.
Ruminiya va Bolgariyaning Shengen hududiga qo‘shilishi mobillik, savdo va turizmni rivojlantirish, shuningdek, ichki bozorni yana-da mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat 2007 yil 1 yanvarda Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lgan. Avstriya, Niderlandiya va Vengriya ularning Shengen zonasiga kirishiga, noqonuniy migratsiya kuchayishidan qo‘rqib, qarshi chiqqandi.







