Yangi yil oqshomida Donesk o‘qqa tutildi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Yangi yil oqshomida Ukraina Qurolli Kuchlari Doneskni o‘qqa tutdi. Shahar markaziga 15 ta raketa kelib tushgan.
Asosiy zarba Voroshilovskiy tumanidagi maktab, ko‘p qavatli uylar, bolalar do‘koni, biznes markazi va Donbass Palase mehmonxonasiga to‘g‘ri keldi.
Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan va 13 kishi yaralangan. Qurbonlar orasida bir nafar jurnalist ham borligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni Ukraina tomonidan Rossiyaning Belgorod shahri o‘qqa tutilishi oqibatida 24 kishi qurbon bo‘lgan edi.







