Yangi yilning ilk daqiqalarida Surxondaryoda uch egizak tug‘ildi
Hozirda ularning sog‘lig‘i normal holatda.

Surxondaryo viloyati 1-sonli perinatal markazida yangi yil boshlanishining ilk daqiqalarida uch egizak tug‘ildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uch egizaklar va ularning onasiga viloyat hokimining sovg‘alari hamda bayram tabriklari yetkazilgan.
Hozirda ona va bolalarning sog‘ligi normal holatda bo‘lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida.







