Noma'lum shaxs prezidentlikka nomzod Li Chjemyonga pichoq bilan hujum qildi
Holat Janubiy Koreyada yuz bergan.

Pusan shahrida nomaʼlum shaxs Janubiy Koreya prezidentligiga sobiq nomzod, muxolifat partiyasi yetakchisi Li Chjemyonga pichoq bilan hujum qilgan.
Voqea siyosatchining matbuot anjumani vaqtida sodir bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Renxapning yozishicha, siyosatchi bo‘ynidan yaralangan, uni tez yordam mashinasi olib ketgan.







