O'zbekiston

Metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi

Kecha respublikadagi zapravkalarning 91 foizi to‘liq ish faoliyatida xizmat ko‘rsatgan.

Metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi.

 

Unda qayd etilishicha, soha korxonalari tomonidan 670,6 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Isteʼmolchilarga 624,2 million kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Respublikada tabiiy gaz isteʼmoli 446 million metr kubni tashkil qilgan.  

 

Ushbu vaqt oralig‘ida tizimda yirik avariyalar hamda favqulodda hodisalar ro‘y bergani yo‘q. Barcha tizim tashkilotlarida 24 soatlik tunu kun navbatchilik yo‘lga qo‘yilib, maxsus brigadalar elektr energiyasi va gaz taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etgan.  

 

Kecha, 3 yanvar kuni esa elektr stansiyalar orqali jami 234,1 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, isteʼmolchilarga 219,8 million kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 47,4 million kubometr tabiiy gaz, 20,6 ming tonna ko‘mir hamda 2,4 ming tonna mazut yoqildi. Respublika tabiiy gaz isteʼmoli 3 yanvar kuni 150,8 million kubometrni tashkil qildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan taʼminlash hamda quvurlardagi bosimni bir meʼyorda tutib turish maqsadida metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi. Barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarning ish faoliyati mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda. Kecha mamlakatimizdagi jami 1 ming 507 ta metan zapravkaning 1 ming 363 tasi, yaʼni 91 foizi to‘liq ish faoliyatida ishlagan, — dedi H.Toshxo‘jayev.  

 

Brifingda avtobenzin va dizel yonilg‘isi talabni qoplaydigan darajada yetkazib berilayotgani ham taʼkidlandi. Unga ko‘ra, 3 yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga jami 2 ming 607 tonna avtobenzin yetkazilgan. Shuningdek, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 12,1 million metr kub tabiiy gaz hamda 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  

 

Elektr qurilmalari va gaz taʼminotida yuzaga kelgan nosozlik o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.  

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi | Zamon.uz