O'zbekiston

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilar uchun maʼlumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi

Tablolarda 14 turdagi maʼlumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan.

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilar uchun maʼlumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi

 

Yakkasaroy tumanida dekabr oyi boshida olib borilgan obodonlashtirish ishlari paytida shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasiga o‘zgaruvchan maʼlumot tablosi o‘rnatdi. Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.

 

Shahar maʼmuriyati tablodan foydalanishni 2019 yilning bahoridayoq boshlagan edi. O‘shanda ekranlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan, 2020 yilgi karantin paytida eslatmalar qo‘shilgan edi. Shaharda jami sakkizta ekran bor edi. To‘g‘ri foydalanilmagani sababli, maʼlum vaqt o‘tgach, tablolar ishlashdan to‘xtadi va yo‘llar ustida qora to‘rtburchaklar kabi osilib qoldi.

 

2023 yil kuzida Raqamli rivojlanish departamenti maʼlumot tablolarini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi.

 

Yangilangan tablolarda 14 turdagi maʼlumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan. Masalan, biror kommunal muammo yoki yo‘llarda to‘siqlar paydo bo‘lsa murojaat qilish kerak bo‘lgan dispetcherlik xizmatlarining kontaktlari; shahardagi havo sifati haqidagi statistik maʼlumotlar, ob-havo maʼlumotlari, tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuborish zarurati haqidagi eslatmalar va boshqalar.

 

Taʼmirlash ishlari tugallangach, sakkizta tabloning barchasi o‘z joyiga qaytadi: ikkita ekran — “Minor” metro bekati yaqinidagi chorrahaga, ikkitasi — Mustaqillik shohko‘chasi va Oqqo‘rg‘on ko‘chasi chorrahasiga, bittasi — Shahrisabz ko‘chasi va Amir Temur shohko‘chasi kesishgan chorrahaga, ikkitasi esa “Toshkent” aeroportiga. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilar uchun maʼlumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi | Zamon.uz