O‘zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi
Rasmiy statistikani foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti sezilarli darajada qisqartirildi.

Statistika agentligi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz O‘zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.
SIAT - rasmiy statistikani e’lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida so‘rovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, o‘z o‘rnida xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.
Portalda rasmiy statistik ko‘rsatkichlar 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makroko‘rsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi statistika portalidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.







