Ertaga Surxondaryoning 9 hududida gaz o‘chiriladi
Viloyatda yangi gaz quvuri ishga tushirilmoqda.

Ertaga, 8 yanvar kuni Termiz shahri, Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Gap shundaki, 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurining 31 km qismi ishga tushirilmoqda.
Bu orqali Termiz shahri va Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq hamda Sherobod tumanlarida gaz taʼminoti yaxshilanadi.







