Jahon

Immunitetni ko‘tarish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilgan maʼqul?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Immunitetni ko‘tarish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilgan maʼqul?

 

Ko‘pincha qish faslida immunitet tizimi zaiflashib, odamlar orasida mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilish lozim?

 

Avvalo, sho‘r, achchiq va yog‘li taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein bo‘lgan mahsulotlar isteʼmolini ham cheklagan maʼqul.

 

Ularning o‘rniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yog‘siz go‘sht, baliq va asal tanavvul qilish tavsiya etiladi.

 

Ushbu noz-neʼmatlar organizmni mineral va vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi.

 

Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.

 

Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga ko‘maklashadi, jigarni tozalaydi. U yallig‘lanish va o‘smalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir.

 

S vitamini ham immun tizimini mustahkamlaydi. U limon, naʼmatak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi.

 

Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot.

 

Kuniga bir choy qoshiq asal isteʼmol qilish ham sog‘lik uchun foydali.

 

Biroq allergiyaga moyil, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi kishilar bu mahsulotlarni isteʼmol qilishda shifokorlar bilan maslahatlashishlari zarur.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.