Toshkentda avtobus Matiz bilan to‘qnashib ketdi
Holat Yunusobod tumanida yuz bergan.

Kecha, 6 yanvar kuni Toshkentda yo‘lovchi avtobus va Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Qayd etilishicha, "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli avtobus Yunusobod tumani “Juma masjidi” bekati oldida Matiz bilan mayda to‘qnashuv sodir etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, yengil avtomobil texnik shikastlangan, avtobusga hech qanday zarar yetmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







