Jahon

FT: Rossiya hali ham radioelektron urushda Ukrainani mag‘lub etyapti

Xususan, G‘arbning HIMARS raketalarini urib tushirmoqda.

FT: Rossiya hali ham radioelektron urushda Ukrainani mag‘lub etyapti

 

The Financial Times gazetasining yozishicha, Rossiya harbiylari radioelektron urush tizimlaridan foydalanishda hamon ustunlikka ega va ulardan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Jumladan, G‘arbning HIMARS tizimlaridan uchirilgan ko‘plab raketalarni urib tushirishda radioelektron tizimlardan faol foydalanilmoqda. Bu haqda nashr Ukraina va G‘arb ekspertlarining fikriga tayanib yozmoqda.

 

Maqolada taʼkidlanishicha, har ikki tomon ham radioelektron urush tizimlarini ishlab chiqishga katta mablag‘ sarflab keladi, biroq Moskva bu ishni yaxshiroq bajaryapti. Buning sababi sifatida Rossiyaning ushbu turdagi tizimlarga Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanishidan oldin ham eʼtibor qaratgani keltirilmoqda.

 

FT jurnalistlari, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabida elektron va kiber urush uchun masʼul polkovnik Ivan Pavlenko bilan ham suhbatlashgan.

 

Pavlenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya radioelektron urush tizimlaridan Ukrainaning HIMARS raketalari va Excalibur artilleriya snaryadlari kabi aniq qurollarni yo‘qotish uchun ham foydalanadi. Shuningdek, Moskva ushbu tizim yordamida Ukraina armiyasini chalg‘itib, o‘zining joylashuvini bildiruvchi soxta nishonlar yaratmoqda va shuning ortidan Ukrainaning havo mudofaasi joylashuvini aniqlamoqda.

 

O‘z navbatida, Ukraina ham o‘zining radioelektron urush tizimlarini ishlab chiqarishni ko‘paytiryapti va G‘arbdan bunday jihozlarni yetkazib berishda yordam berishni so‘raydi, deb yozadi nashr.

 

Xususan, ukrainalik harbiylar tez orada Ukraina Qurolli kuchlarida foydalanishi rejalashtirilayotgan F-16 qiruvchi samolyotlari zamonaviy radioelektron urush tizimlari bilan jihozlanishini taʼkidlamoqda.

 

Kiyev, shuningdek, o‘z operatsiyalarini amalga oshirish uchun Rossiya radioelektron urush tizimlarining ayrim zaif tomonlarini topishga muvaffaq bo‘lgan. Ukrainaning Rossiya hududidagi nishonlarga, shu jumladan Kremlga berilgan muvaffaqiyatli zarbalari shular jumlasidandir, deyiladi maqolada.

 

Gazeta, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Sevastopolda Rossiya Qora dengiz floti kemalariga hujumlar paytida dushmanning radioelektron tizimlarini chalg‘itishga muvaffaq bo‘lganini qo‘shimcha qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

FT: Rossiya hali ham radioelektron urushda Ukrainani mag‘lub etyapti | Zamon.uz