O'zbekiston

Kecha metan zapravkalarida rejadagiga nisbatan 103% ko‘p tabiiy gaz sotilgan

Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Kecha metan zapravkalarida rejadagiga nisbatan 103% ko‘p tabiiy gaz sotilgan

Kecha elektr stansiyalar orqali jami 240 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejadagiga nisbatan 101 foiz ko‘p deganidir. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 49,4 mln kubometr tabiiy gaz, 21 ming tonna ko‘mir hamda 2,2 ming tonna mazut yoqildi.

 

 Respublika elektr energiyasi isteʼmoli 226,5 mln kVt·soatni, tabiiy gaz isteʼmoli esa 152,9 mln kubometrni tashkil qildi.

 

 Mamlakatimizdagi 1 ming 377 ta metan zapravka orqali isteʼmolchilarga 14,5 mln kubometr, belgilangan rejadagiga nisbatan 103 foiz ko‘p tabiiy gaz sotildi. Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

 

 Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, kecha “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 3 ming 117 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

 

 Shuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 3 ming 160 tonna avtobenzin, 1 ming 830 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 2 ming 576 tonna avtobenzin hamda 162 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.

 

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari ham o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda tuzilgan shtablar 24 soatlik navbatchilik rejimi asosida ishlayapti.

 

 Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkor bartaraf etib borilmoqda. Elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tuzilgan maxsus brigadalar tunu kun ishlab, tarmoqlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni kechiktirmasdan taʼmirlamoqdalar.

 

 Kecha mamlakatimiz bo‘ylab elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 10 ta, gaz taʼminotida yuzaga kelgan 15 ta nosozlik bartaraf qilindi.

 

 Elektr taʼminotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga isteʼmolchilardan kelib tushgan 151 ta murojaat maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

 

 Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha kelib tushgan 194 ta murojaat bo‘yicha ham tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kecha metan zapravkalarida rejadagiga nisbatan 103% ko‘p tabiiy gaz sotilgan | Zamon.uz