Salomatlik

Koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizilganlar soni oshdi

O‘tgan yilning dekabr oyida qariyb 10 000 nafar kishi kasallik qurboni bo‘ldi.

Koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizilganlar soni oshdi

 

O‘tgan oyda COVID-19 tufayli shifoxonaga yotqizilganlar soni 42 foizga oshgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.

 

Aytilishicha, hozir COVID-19 insoniyat uchun global tahdid emas. Pandemiya bekor qilinganidan buyon 9 oy o‘tdi. Ammo hali ham virus mutatsiyaga uchrashda davom etyapti. Achinarli jihati, infeksiyani yuqtirish va o‘lim holatlari yana ko‘paymoqda.

 

Xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, o‘tgan yilning dekabr oyida koronavirus tashxisi qo‘yilganlar soni sezilarli darajada oshgan.

 

"Buni Yangi yil bayrami arafasida savdo rastalari, tomoshagoh va boshqa jamoat joylari nisbatan gavjum bo‘lgani hamda “omikron” shtammining yangi JN.1 varianti keng tarqala boshlagani bilan izohlash mumkin", — deyiladi xabarda.

 

Misol uchun, dekabr oyida COVID-19 oqibatida qariyb 10 000 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan, infeksiya tufayli gospitalizatsiya qilinganlar soni noyabr oyiga nisbatan 42 foiz, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilganlar esa 62 foizga oshgan.

 

O‘sish dinamikasi kuzatilayotgan hududlar orasida Yevropa va Amerika mintaqasida joylashgan davlatlar yetakchi. JSST rahbari ushbu epidemiologik vaziyatni hisobga olib, koronavirusga qarshi ehtiyot choralarini izchil davom ettirish zarurligini taʼkidladi.

 

"Bu borada arzon va ishonchli sinamalar, tavsiya etilgan davolash usullari, tibbiy niqob hamda kasallikka qarshi vaksinalar yaxshi samara beradi. Hukumatlar ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratishlari kerak", — deb qayd etdi Gebreyesus.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"