Iqtisodiyot

O‘zbekiston tijorat banklaridagi eng foydali avtokreditlar reytingi eʼlon qilindi

Reyting tuzishda kredit shartlari - dastlabki to‘lov, foiz stavkasi, kredit muddati va miqdori kabi omillar hisobga olinadi.

O‘zbekiston tijorat banklaridagi eng foydali avtokreditlar reytingi eʼlon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yilning 11 oyi davomidagi mavjud statistik maʼlumotlariga ko‘ra, banklar tomonidan avtokreditlar uchun jami 34 660,6 mlrd. so‘m ajratilgan.

 

Hozirgi vaqtda 31 tijorat bankidan atigi 21 tasi birlamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kredit taklif qilmoqda.

 

Hozirgi kunda jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozorda avtotransport vositalarini xarid qilish uchun: “O‘zagroeksportbank”, “Okto bank”, “Universal bank”, “O‘zKDB Bank”, “Madad Invest Bank”, “Kapital bank”, “Davr Bank”, “Garant Bank” va “TBC Bank” kredit bermaydi. Asosan, yuqorida aytib o‘tilgan banklarning bir nechtasida avtokredit vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Baʼzi banklarda avtomobil narxining 15%gacha depozit, garov, sug‘urta polisi yoki kafolat kabi talablar mavjud. Bundan tashqari, foiz stavkalari avtomobil narxining dastlabki to‘loviga qarab o‘zgaradi.

 

Natijalarga ko‘ra, “Xalq bank” jismoniy shaxslar uchun foydali avtokreditlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bunga yillik foiz stavkasi 25%, dastlabki to‘lov 25%, 5 yil muddatga va 600 mln so‘mgacha ajratilgan kredit summasi yordam berdi.

 

Tahliliga ko‘ra “Aloqa bank” 2-o‘rinni egalladi. Bank quyidagi shartlar asosida avtokreditlar beradi: yillik foiz stavkasi-10%, dastlabki to‘lov-26%, kredit muddati-60 oy va kreditning maksimal miqdori-500 mln. so‘m.

 

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, “Ipoteka bank” 3-o‘rinni egalladi va quyidagi shartlarda avtokreditlar beradi: yillik foiz stavkasi-26%, dastlabki to‘lov-10% kredit muddati 60 oy va maksimal kredit miqdori 480 mln. so‘m.

 

"Mikrokredit bank" reytingda 29-o‘rinda joylashgan bo‘lib, ushbu bank o‘z mijozlariga quyidagi shartlarda avtokreditlar taklif etadi: yillik foiz stavkasi – 29%, dastlabki to‘lov - 30%, kredit muddati-60 oy va maksimal kredit miqdori 660 mln. so‘mgacha.

 

Shunday qilib, “Asaka bank” umumiy reytingda 30 va 31-o‘rinlarni egallab, avtokreditlarni ajratish uchun quyidagi shartlarni belgilab qo‘ydi: dastlabki to‘lov 30%, yillik foiz stavkasi mos ravishda 31-30%, kredit muddati 48-60 oy, kredit miqdori esa 500 mln. so‘mgacha.

 

Baʼzi tijorat banklarida foiz stavkalarining +4%gacha biroz o‘zgargani kuzatilmoqda, shuningdek, o‘rtacha yillik stavkasi o‘zgarib, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining noyabr oyidagi sharhi bilan solishtirganda, joriy yilning yanvar oyida 27%ni tashkil etdi.

 

Taʼkidlash joizki, “BRB Bank” (24%) jismoniy shaxslarga birlamchi bozorda avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokreditlar bo‘yicha eng past stavkani, eng yuqori stavkalarni esa “Anor bank” (36%) va “Asaka bank” (31%) taqdim etadi.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"