“Prava”ni sotish endi alohida jinoyat sifatida tasniflanadi
Bu bo‘yicha qonunga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bir nechta kodekslarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda.
Unga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Qonun bilan quyidagi huquqbuzarliklar Jinoyat kodeksiga kiritilishi mumkin:
- transport vositasini takroran mast holda boshqarish (sanksiyasi – 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish)
- avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzish;
- transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi;
- siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish.







