O'zbekiston

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi

Marhuma Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi

Jurnalist, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi.

 

Jurnalist, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova 11 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi.

 

Ayjamal Joldasbayeva 1997 yil 23 yanvarda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. Jurnalist 2014 yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

 

U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, O‘zJOKUda falsafa doktori (PhD) darajasi uchun ilmiy izlanish olib borayotgandi.

 

Marhuma yaqinlarining maʼlum qilishicha, unda homiladorlik davri og‘ir kechgan.

 

Maʼlum muddat o‘lik homila bilan yurgan, bola olinganidan keyin uning ahvoli og‘irlashib, dastlab Taxtako‘pir tumanidagi kasalxonaga yetkazilgan. Komaga tushib qolgach, 3 kun avval Nukus shahridagi tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning 2 yoshga to‘lmagan o‘g‘il farzandi bor.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi | Zamon.uz