O'zbekiston

Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Unda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

 

Bugun, 12-yanvar kuni Toshkentda “Yangi davrda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik” mavzusida gibrid formatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov konferensiya ishtirokchilariga murojaatida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

 

 

Birinchidan, bu ikki tomonlama strategik muloqotni yana-da mustahkamlashdir. Bu umumiy pozitsiyalar va xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha manfaatlarni ilgari surish uchun mintaqaviy va global tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishni anglatadi.

 

Bu qadam mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishi uchun qulay tashqi sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

 

Ikkinchidan, ekspertning taʼkidlashicha, yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash orqali savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning obyektiv zarurati bor.

 

Mutaxassisning ishonchi komilki, bunga sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, o‘zaro sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni mutanosib ravishda oshirish, samarali savdo-logistika infratuzilmasini barpo etish orqali erishish mumkin.

 

Shu munosabat bilan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni uchinchi davlatlar bozorlarida sotish uchun iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlariga Xitoy sarmoyasini jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Uchinchidan, E. Aripovning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy transport va logistika kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mamlakatlar iqtisodiyotlarining jahon bozorlari uchun ochiqligi, ularning iqtisodiy markazlar bilan aloqalarini rivojlantirish muhim yo‘nalish hisoblanadi.

 

Buning uchun ekspert mavjud transport yo‘laklarini rivojlantirish va yangilarini ochish, jumladan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil va temir yo‘li, Trans-Afg‘on yo‘lagi “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

 

 

SMTI vakili "yashil energiya" ga muvozanatli va izchil o‘tish eng muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, deya fikr bildirdi.

 

Bu borada Xitoyning boy tajribasi va sarmoyasini qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga jalb etish, qishloq xo‘jaligi, yashil iqtisodiyot kabi sohalarga zamonaviy resurslarni tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish muhim rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi.

 

"Buning uchun allaqachon yetarli asos bor. o ʼtgan yili Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida Xitoy kompaniyasi rekord muddatda umumiy quvvati 1000 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh stansiyasining birinchi bosqichini qurishni yakunladi”, — deya xulosa qildi Eldor Aripov.

 

 

Eslatib o‘tamiz, SMTI tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiyada siyosat, xavfsizlik, savdo-investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

 

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi  – Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilish va o‘rganishga qaratilgan Xitoydagi yetakchi tadqiqot instituti. U 1989 yilda tashkil etilgan. U XXR rahbariyatiga Xitoy va Yevroosiyo makonidagi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida axborot, maslahatlar va siyosiy tavsiyalar beradi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi | Zamon.uz