Isroil TIV rahbari Erdo‘g‘onni tanqid qildi
Uning aytishicha, Erdog‘an Isroilga qarshi asossiz ayblovlar bildiryapti.

Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘anni tanqid qildi.
Uning aytishicha, o‘tmishda arman genotsidini amalga oshirgan Turkiya mamlakati prezidenti Erdo‘g‘on endi Isroilga qarshi asossiz ayblovlar qo‘yyapti.
"Biz armanlar va kurdlar haqida yaxshi eslaymiz. Isroil sizlarning vaxshiy ittifoqchilaringizdan o‘zini himoya qilmoqda, yo‘q qilgani yo‘q" — deb yozgan Israel Kas o‘zining x ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Erdo‘g‘on bir necha bor Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini qoralagan. U, shuningdek, Isroil Xalqaro sud tomonidan urush jinoyatlari uchun jazoga hukm qilinishiga umid qilishini bildirgan.







