O'zbekiston

Burun yuvish muolajasi kimlarga tavsiya etilmaydi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Burun yuvish muolajasi kimlarga tavsiya etilmaydi?

 

Shamollash tufayli burun oqishi yoki allergik rinitdan aziyat chekayotgan aksariyat bemorlarga shifokor burun yuvish muolajasini tavsiya etadi. Xo‘sh, mazkur davolash usulining samarasi qanday? U kimlarga mumkin emas?

 

Burun yuvish — terapevtik yoki gigiyenik muolaja bo‘lib, kuz-qish mavsumida tananing yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshirish, infeksiyalarning oldini olish, davolash, burunni tozalash va namlash maqsadida o‘tkaziladi, — deydi mutaxassis. — Buning uchun maxsus eritmalardan foydalaniladi. Ushbu muolajaning bir necha ijobiy samarasi bor.

 

Jumladan:

 

  • shilliq qavatdagi yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etadi;

 

  • tomoq va halqumda patogen mikrofloraning ko‘payishi va unga kirib borishini (shu jumladan tomoq og‘rig‘i va laringit rivojlanishining oldini olish) to‘xtatadi;

 

  • burun yo‘llarini yiringli sekretsiyalar va shilimshiqlardan tozalaydi;

 

  • burun shilliq qavatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilishi kerak bo‘lgan dorilarning samaradorligini oshiradi;

 

  • burun yondosh bo‘shliqlarining bakterial infeksiyasi tufayli yallig‘lanishi va shilliq qavati shishini bartaraf etadi;

 

  • operatsiyadan keyin reabilitatsiya davrini qisqartiradi;

 

  • gripp, koronavirus infeksiyasi va boshqalar bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan davrda mahalliy immunitetni oshiradi va hokazo.

 

Bundan tashqari, mazkur davolash usuli o‘simliklarning gullash davri yoki allergenlar bilan aloqa qilish muqarrar bo‘lgan bemorlarga mutaxassis tomonidan tavsiya etilishi mumkin.

 

Ushbu muolajani burnidan muntazam qon ketadigan, shilliq qavatlarning kuchli shishi, epileptik tutqanoqlar, ruhiy kasalliklar, burun yo‘llarining obstruksiyasi, burun to‘sig‘ining shikastlanishi yoki egriligi, allergik reaksiya va eritmaning tarkibiy qismlariga nisbatan kuchli sezgirligi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan bajarish tavsiya qilinadi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"