Sankt-Peterburgdagi yong‘in 30 soatda o‘chirildi
U 70 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgandi.

Avvalroq Sankt-Peterburgdagi bozor omborida yirik yong‘in yuz bergani xabar qilingandi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in deyarli 30 soat davomida o‘chirilgan. Ekspertlar yetkazilgan zarar 15 milliard rublga yetishi mumkin deb taxmin qilishmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochishni buyurdi. Ertadan boshlab kompaniya tovarlari yoqib yuborilgan sotuvchilarga birinchi tovon pulini to‘lashni boshlaydi.
Yong‘in 70 ming kvadrat metr ombor maydonini qamrab olgan. Yong‘in paytida majmuada mingdan ortiq xodim bo‘lgan. Hozirda ularning barchasi evakuatsiya qilingan.







