O'zbekiston

Buxoroda ayol yosh bolasini beshikka bog‘lab, tayoq bilan doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi.

Buxoroda ayol yosh bolasini beshikka bog‘lab, tayoq bilan doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi

 

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z. dan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotganligi bayon etilgan murojaat va bu holatga oid video materiallar kelib tushgan.


Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S.N. o‘z farzandi — 2018 yilda tug‘ilgan S.F.ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022 yilning mart oylaridan 2023-yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.


Mazkur holat yuzasidan S.N.ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi, «a, v» bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"