O'zbekiston

Farg‘onada fuqaro va IIB xodimi janjallashdi

Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi.

Farg‘onada fuqaro va IIB xodimi janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrida IIO xodimi va fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

2023 yil 17 dekabr kuni fuqarolarning IIOga shikoyati asosida Farg‘ona shahar IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori kapitan T.Hoshimov tungi soat 23:50 da shahardagi Mashʼal MFYdagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan "Rich" ko‘ngilochar maskan (karaoke bar)ga kelib, tungi vaqtda fuqarolarning tinchini buzib, baland ovozda qo‘shiq kuylayotgan va kompyuter o‘ynayotgan mijozlarni tarqatmoqchi bo‘lganida, ushbu maskan rahbari, 1995 yilda tug‘ilgan A.x. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 648-son Qarori 11-bandida ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida joylashgan korxonalar, restoranlar, kafelar, barlar hamda ko‘ngilochar maskanlarning soat 23.00 dan keyingi faoliyatiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.x.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi. 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada fuqaro va IIB xodimi janjallashdi | Zamon.uz